06 apr 07:35
Yangiliklar

"Barselona" 8 daqiqa ichida "Sevilya"ga 3ta gol urdi, Messidan dubl
Turning markaziy o'yinida kataloniyalik futbolchilar "Sevilya"dan har tomonlama ustun ekanliklarini amalda isbotlashdi. Sakkiz daqiqa oralig'ida Riko qo'riqlayotgan mehmonlar darvozasi javobsiz 3 bor aniq nishonga olindi. Lionel Messi dublga erishdi.
Ispaniya La ligasi. 30-tur
Barselona – Sevilya 3:0
Gollar: 1:0 – 25 Suares, 2:0 – 28 Messi, 3:0 – 33 Messi.
Barselona – ter Stegen, Messi, Pike (Din, 77), Umtiti, Inesta, Maskerano, Buskets, Rakitich (Alenya, 80), Serdji Roberto, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 65).
Sevilya – Riko, Parexa, Langle, Eskudero, Merkado (Kranevitter, 46), Korrea, Nasri (Sarabiya, 46), Nzonzi, Iborra (Yovetich, 76), Vitolo, Mariano.
Ogohlantirishlar: Pike (15), Iborra (38), Vitolo (57), Buskets (71), Rakitich (78).
CHetlatish: Vitolo (90).
Fikrlar