10 jan 11:14
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” 8 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti
La Liga 18-turi doirasida “Barselona” “Granada”ni yirik hisobda (4:0) taslim etdi.
Kataloniyaliklar barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyani 8 ta uchrashuvga etkazishdi. Bu Ronald Kuman jamoasining joriy mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichi bo'lib turibdi. Ushbu davr oralig'ida kataloniyaliklar oltita g'alaba va ikkita durang qayd etishdi.
Malumot uchun, “Barselona” navbatdagi uchrashuvni 13 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Real Sosedad”ga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar