29 mar 17:18
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" allaqachon ikki o'yinchi bilan shartnoma imzoladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jurnalistlarga Kataloniya jamoasi allaqachon ikki futbolchi bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi.
Laporta "ko'k-anorranglilar" rasman ikki o'yinchi bilan shartnoma imzolashganini aytdi, ammo hozircha ularning ismlarini aytmaydi.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra esa gap "CHelsi"ning daniyalik himoyachisi Andreas Kristensen va "Milan"ning ivuarlik yarim himoyachisi Frank Kesse haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, ikki o'yinchi ham yozda erkin agentga aylanadi, shunday ekan, ular Kataloniya klubiga tekinga o'tishi mumkin.
Havola :
Manba : caughtoffside.com
Fikrlar