08 may 13:53
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" APL klublari bilan Kulibali uchun kurashadi
Senegallik himoyachi Kalidu Kulibali yozda "Napoli"dan ketishi mumkin.
29 yoshli afrikalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Everton" klublari bilan kurashadi.
O'yinchining neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Italiya klubi himoyachining sotuvidan 50-60 million evro ishlab olmoqchi.
Kalidu joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar