01 iyu 07:01
Yangiliklar

"Barselona" - "Atletiko" o'yinida 4 ta gol kiritildi
"Barselona" uchun muhim bo'lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang natija bilan yakunlandi. Bitta o'yin kam o'tkazgan "Real" 71 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. "Barselona" esa 70 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. "Atletiko" 59 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
La Liga. 33-tur.
"Barselona" - "Atletiko" 2:2
Gollar: 1:0 – 11, avtogol Diego Kosta, 1:1 – 19, penalti Saul, 2:1 – 50, penalti Messi, 2:2 – 62, penalti Saul.
"Barselona" – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.
"Atletiko" – Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diego Kosta (Morata, 76).
Ogohlantirishlar: ter Stegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80).
Fikrlar