11 apr 02:12
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" avtogol evaziga "Old Trafford"da g'alabaga erishdi
Evropa chempionlar ligasining chorak finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvida mehmonlar g'alaba nashidasini surishdi.
O'yin taqdirini 11-daqiqada kiritilgan gol hal qildi. Lyuk SHou kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ana shu gol uchrashuv yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi va "Barselona" Angliyadan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.
Manchester Yunayted" - "Barselona" 0:1
Gol: SHou (11-avtogol, 0:1).
"Manchester Yunayted": De Xea, Yang, Lindelof, Smolling, SHou, Dalot (Lingard, 74), MakTominey, Fred, Pogba, Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).
"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Pike, Semedu, Rakitich, Serxio (Alenya, 90), Koutino (Vidal, 65), Artur (Serji Roberto, 66), Suares, Messi, Langle.
Ogohlantirishlar: Buskets (18), SHou (20), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (86).
Havola :
Fikrlar