19 may 11:43
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" bir yil kutishga tayyor
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda.
Ammo, Kataloniya klubi o'yinchining transferi uchun katta pul to'lashga tayyor emas, shu sabab o'yinchi bilan tekinga shartnoma imzolash uchun bir yil kutishga tayyor. Ispanning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Markos Alonso - "Real" tarbiyalanuvchisi. Himoyachi "CHelsi"da 2016 yilning avgustidan beri o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar