08 may 06:09
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi dramatik o'yin haqida fikr bildirdi
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde "Enfild"dagi dahshatli tushdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ular bizdan yaxshiroq edi va buni tan olishga majburmiz. "Liverpul"ning ikkinchi goli bizga katta bosh og'riq bo'ldi va shundan so'ng uchinchi gol... Biz vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Qachonki jamoa shunday etakchilarga hos jang qilsa, bu erda hech qanday bahonaga o'rin qolmaydi.
Raqibimiz o'tgan haftadagidan ko'ra yuqori darajada o'ynashini kutmagandik. Ular buni uddalashdi, biz esa kuchli bosimga bardosh bera olmadik", - dedi Valverde.
Havola :
Fikrlar