01 okt 16:21
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" bu mavsum La Ligada darvoza ustuni va to'sinini eng ko'p poylagan jamoa!
"Barselona" klubi rasmiy sayti Ispaniya chempionati 7-turidan so'ng darvoza ustuni va to'sinini nishonga olish statistikasini elon qildi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytining malumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bu ko'rsatkich bo'yicha LaLigada yakka peshqadam - 8ta zarba ustun va to'singa tekkan.
Bu boshqa istalgan jamoadan ikki barobar ko'p degani. "Sevilya", "Valensiya" va "Eybar" joriy mavsumdagi 7ta o'yinda 4 marotabadan bu ishni bajarishgan.
"Barselona"ning 8ta mana shunday zarbalaridan 6tasi birgina Messiga tegishli. Usman Dembele va Filippe Koutino esa bir martadan ustun yoki to'sinni poylashgan.
La Ligada 7ta turdan keyin "Barselona" va "Real" 14 ochkodan jamg'argan holda turnir jadvalida qo'shhokimlik o'rnatishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar