16 avg 10:20
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” darvozaboni 16 mln. evro evaziga “Siti”ga o'tadi
Ispaniyaning “Barselona” hamda Angliyaning “Manchester Siti” klublari darvozabon Klaudio Bravoning ingliz klubiga o'tishi borasida kelishuvga erishishdi.
Malumotlarga ko'ra, ushbu transfer 16 mln. evro (+bonus 4 mln. evro) evaziga amalga oshadi. Endi Bravo “Manchester Siti” bilan shartnoma shartlarini kelishib olishi kerak.
Bravo “Barselona”dan asosiy tarkibda o'ynash uchun kafolat so'ragan edi. Klubdagilar unga bunday kafolat berishmadi. O'z o'rnida bu imkoniyat Mark-Andre ter SHtegenga ham berilgani yo'q.
Havola :
Fikrlar
Барса Бравони сотмаса керак,Тер Штегенга нисбатан Клаудио анча тажрибали ва ишончлирок