14 may 07:20
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Dembeleni 60 mln evroga sotib yuboradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi tez orada hujumchi Usmon Dembele bilan xayrlashadi, deb xabar qilmoqda ispan nashrlari.
Marca xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli francuzni 60 mln evro evaziga ham sotib yuborishga tayyor ekan. Dembele 3 yil muqaddam Dortmundning "Borussiya"sidan 125 mln evroga xarid qilingandi.
Futbolchi 2017 yilning yozidan beri "Barselona" safida 74ta o'yin o'tkazdi (19 gol, 17ta golli uzatma). Klub rahbariyati muttasil ravishda jarohatga yo'liqadigan va intizomida muammolar bo'lgan futbolchiga ortiq ishonmaydi.
Malumot uchun, Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar belgilangan.
Havola :
Fikrlar