18 dek 07:42
Yangiliklar
![](/upload/storage/24940_220.jpg)
"Barselona" "El Klassiko" oldidan "Deportivo"ga saboq berdi
Luis Suares va Paulinoning dubli "Barselona"ga g'alaba keltirdi. Maydon egalarining yana bir toza goli inobatga olinmadi. Kataloniyalik futbolchilar "El Klassiko" oldidan kayfiyatni yana ham ko'tarib olishdi.
42 ochkoga ega "Barselona" 16-turdan so'ng eng yaqin taqibchisi "Atletiko"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. Uchinchi o'rindan joy olgan va bu turda mag'lubiyatga uchragan "Valensiya" hisobida 34 ochko bor. Bitta kam o'yin o'tkazgan "Real" 31 ochkoga ega bo'lib turibdi.
Barselona – Deportivo 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 29 Suares, 2:0 – 41 Paulino, 3:0 – 47 Suares, 4:0 – 75 Paulino.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Vermalen, Alba (Din, 81), Inesta (Andre Gomesh, 56), Rakitich, Paulino, Pako Alkaser (Aleish Vidal, 23), Messi, Suares.
Deportivo – Martines, Xuanfran, SHer, Sidney, Navarro, Gilerme (Valverde, 63), Borxes, Xil (Borxa Vale, 84), CHolak (Bakkali, 63), Adrian, Peres.
Ogohlantirish: SHer (32).
Fikrlar