01 avg 18:41
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Feliks bo'yicha muzokaralarni davom ettirishi mumkin
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks faoliyatini "Barselona"da davom ettirish ehtimoli bor.
Bu haqda "Sport" xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kataloniyaliklar franciyalik vinger Usmon Dembelening ketish ehtimoli tufayli Feliks bo'yicha muzokaralarni davom ettirishi mumkin.
Feliks 2019 yildan buyon "Atletiko" tarkibida harakat qilmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
U 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida "CHelsi"da o'ynadi. Futbolchi shu yilning iyul oyida "Barselona"ga o'tishni orzu qilayotganini aytgan edi.
Havola :
Manba : Sport
Fikrlar