29 may 08:21
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” futbolchisi “Arsenal”ga o'tishi mumkin
Rafinya faoliyatini APLda davom ettirishi kutilmoqda.
Rafinya ayni damda “Selta” klubiga ijaraga berilgan. “Barselona” esa 27 yoshli futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. “Arsenal” hozirda futbolchini jamoaga olib kelish varianti ustida bosh qotirmoqda.
Joriy mavsum braziliyalik futbolchi “Selta” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar