09 fev 15:28
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" futbolchisi Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
Yarim himoyachi Filippe Koutino "Barselona"ga kerak emas.
Ayni damda 27 yoshli futbolchi ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda. Katta ehtimol bilan u yozda "Barselona"ga qaytadi. Ammo kataloniyaliklar futbolchini sotib yuborishni istashmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchining agenti "Yuventus" vakillari bilan uchrashgan va Koutinoni turinliklarga taklif qilgan. Ushbu jamoa tarkibida Krishtianu Ronaldu faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, Koutinoning xizmatlariga PSJ tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.
Ushbu mavsumda Koutino Bundesliganing 18 o'yinida 6 gol va 6 assistentlik qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar