18 may 09:22
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” Grizmanning transferini elon qiladi
AS nashrining xabar berishicha, “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning “Barselona”ga transfer qilinishi borasida tomonlar so'nggi muzokaralarni o'tkazishmoqda.
Yaqin vaqt ichida Kataloniya klubi shartnomaning so'nggi shartlari borasida kelishuvga erishadi va yaqin ikki hafta ichida ushbu transferni elon qiladi. Transferga faqatgina futbolchining o'zi xalaqit qilishi mumkin.
Agar u “Barselona”dan boshqa jamoaga o'tishni istab qolsa, 20 million evro jarima to'lashiga to'g'ri keladi. Bu tomonlarning ancha oldin kelishuvga erishgan paytlarida shartnomaga kiritilgan bandlardan biridir.
Transferning rasman 1 iyul kuni yozgi transfer oynasining ilk kunida elon qilinishi kutilmoqda.
Havola :
Fikrlar