13 fev 17:17
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolaydi
Himoyachi Pau Kubarsi "Barselona" bilan 2030 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan bitim tuzadi.
O'tgan yozda allaqachon og'zaki kelishib olingan va endi u rasmiy kuchga kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, Kubarsi 11 yoshidan buyon "Barselona" tizimida harakat qiladi. 18 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yin o'tkazib, 3 ta golga assistentlik qildi va 4 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchini 70 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : x.com/FabrizioRomano
Fikrlar