08 sen 06:50
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” hujumchisi “Valensiya”da 9-raqamda o'ynaydi
Kecha “Valensiya” klubi “Barselona”dan ijaraga olgan futbolchisi Munir El-Xaddadining tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
21 yoshli hujumchi o'ziga to'qqizinchi raqamni tanladi. Ushbu raqam Pako Alkaserning “Barselona”ga o'tganidan so'ng bo'sh qolgandi.
“Men hujumchiman va gol kiritishni yaxshi ko'raman. Bu erda jamoam foydasi uchun mehnat qilmoqchiman. “Valensiya”ning taklifiga ikkilanmasdan rozi bo'ldim. Bu erda ekanligimdan xursandman”, - dedi Munir.
Havola :
Fikrlar