31 jan 04:11
Yangiliklar

“Barselona” Ispaniya kubogining javob o'yinida “Sevilya”ga 6ta gol urdi
Kataloniyaliklar ilk uchrashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi. "Kamp Nou"da kechgan javob o'yinida “Barselona” raqibni ayab o'tirmadi. Felipe Koutino uchrashuvda dublga erishdi.
27-daqiqada mehmonlar vakili Banega penaltida foydalana olmadi. Darvozabon Sillesen zarbani bartaraf etib, jamoadoshlarini ruhlantirdi. Agar Banega o'sha vaziyatda hisobni tenglashtirganida, yakuniy hisob boshqacha tugashi ham mumkin edi.
Barselona - Sevilya 6:1 (birinchi o'yin - 0:2)
Gollar: Koutino, 13 (penaltidan), 53, Rakitich, 31, Roberto, 54, Suares, 89, Messi, 90+2 - Arana, 68
Barselona: Sillessen — Roberto, Pike, Lengle, Alba — Rakitich (Vidal, 76), Buskets, Artur (Alenya, 90) — Messi, Suares, Koutino (Semedu, 81)
Sevilya: Soriano — Karrisu, Ker, Gomes — Promes, Banega (Ben Yedder, 77), Amadu, Mesa (F. Vaskes, 77), Arana (Xil, 84) — Sarabiya, Silva
Ogohlantirishlar: Suares — Mesa, Karrisu, Gomes
Fikrlar