01 iyu 13:42
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" italiyalik futbolchi uchun 65 million evro taklif qildi
"Barselona" klubi rahbariyati Italiyaning "Breshia" jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonalini nishonga oldi.
Kataloniya klubi italyan klubiga 65 million evrolik taklif yuborgan. Bu haqda "Breshia" prezidenti Massimo CHellino aytib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, "Barselona" aniq taklif chiqqan. O'yinchining xizmatlariga shuningdek "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqmoqda. "Yangi Pirlo" joriy mavsum "Breshia" libosida A Seriyada 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Havola :
Fikrlar