18 avg 23:58
Yangiliklar

"Barselona" jamoasiga SHota Arveladzening do'sti murabbiy bo'ladi. Buni Bartomeu tasdiqladi
Bu malumotni shaxsan klub prezidenti Jozep Bartomeu tasdiqladi.
"Bu haqida matbuotda ko'p yozilyapti. Hammasi biz o'ylaganchalik kechsa, Kuman "Barselona" bosh murabbiyi bo'ladi va biz tez orada bu xabarni rasman elon qilamiz. Biz uni juda yaxshi bilamiz va u boshchiligidagi jamoadan umidimiz katta", – deydi Bartomeu.
57 yoshli mutaxassisning tanishtiruv marosimi tez kunlarda bo'lib o'tadi. Kuman futbolchi sifatida 1989-1995 yillar oralig'ida "Barselona" sharafini himlya qilgan. U kataloniyaliklar bilan birga to'rt bor Ispaniya chempioni bo'lgan, uch marotaba mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. Ispaniya Kubogi, Evropa chempionlar kubogi (hozirgi ECHL), UEFA Superkubogida zafar quchgan.
Fikrlar