10 iyu 15:02
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Karles Alenyaning "Xetafe"ga transferini elon qildi
Yarim himoyachi Karles Alenya "Barselona"dan "Xetafe"ga o'tdi.
Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Ko'k-anorranglilar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini qayta xarid qilish imkoniyatini o'zlarida olishdi. "Barselona" shuningdek o'yinchining keyingi har qanday sotuvidan 50%ini o'ziniki qiladi.
Alenya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan mavsumning birinchi qismini Kataloniya, ikkinchi qismini esa "Xetafe"da o'tkazdi.
Havola :
Manba : fcbarcelona.com
Fikrlar