17 may 08:53
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" ketma-ket ikki mavsum chempion bo'la olmayapti - bunaqasi 13 yil bo'lmagandi
Kecha oqshom "Barselona" klubi "Selta"ga yutqazib (1:2) qo'ygan va buning natijasida La Liga bosh sovrini uchun kurashdan chiqib ketgandi.
SHu tariqa, "blaugrana" qatorasiga ikkinchi mavsum chempion bo'la olmaydi. O'tgan yili kataloniyaliklar ikkinchi o'rinni egallashgandi, bu mavsum maksimum uchinchi bo'lishadi.
"Barsa" 13 yildan buyon ilk marta ketma-ket ikki mavsum chempionlikdan quruq qoldi – 2006/07-yilgi mavsumda ikkinchi bo'lishgan, undan keyingi mavsumda esa uchinchi pog'onani band etishgandi.
Havola :
Fikrlar