08 sen 19:39
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Koutinoga so'nggi imkoniyatni beradi
Braziliyalik xavbek Filippe Koutino "Barselona"da o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat oladi.
Jamoa murabbiylar shtabi futbolchini yaqin o'yinlarda maydonga tushirishadi.
Agar Koutino o'zini yaxshi tomondan ko'rsatsa, u katta ehtimol bilan klubda qoladi. Agar braziliyalik ishonchni oqlay olmasa, klub uni qishda sotuvga qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Filippe "Barselona"ga 2018 yilning yanvar oyida "Liverpul"dan o'tgandi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Football-Espana
Fikrlar