17 mar 09:57
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” Kukurelya transferidan qancha ishlab olishi malum bo'ldi
“Xetafe” futbolchini sotib olish huquqidan foydalandi.
Mark Kukurelya “Xetafe” safida ijara asosida to'p tepayotgan edi. “Marca” xabariga ko'ra, klub futbolchini “Barselona”dan 6 mln evro evaziga to'la sotib olgan. Agar “Xetafe” Kukurelyani sotadigan bo'lsa, transfer summasining 40 foizi “Barselona”ga tegadi.
21 yoshli Mark “Xetafe” safida hozirgacha 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar