29 apr 17:33
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" - "Liverpul" uchrashuvida qanday mozayka namoyish etiladi?
1 may kuni "Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasida CHempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti "Kamp Nou"da bo'ladigan bahsda qanday mozayka namoyish etilishini ko'rsatdi. Mozaykada "Ready to color Europe" (Evropani rang-barang qilishga tayyormiz) yozuvi aks ettiriladi. Ushbu mozaykani hosil qilish uchun o'rindiqlarga 90 mingta kartochkalar qo'yib chiqiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar