21 avg 18:56
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" "Liverpul"ga taklif yubormagan
Xabaringiz bor, "Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchini kataloniyaliklarning yangi ustozi Ronald Kuman yaxshi biladi. Ispan klubi hamon rasmiy taklif yubormagan.
Sky Sports xabariga ko'ra, niderlandiyalik yarim himoyachi "Liverpul"dagi mavqeyidan mamnun. U Mersisayd klubi bilan Angliya chempionati va CHempionlar Ligasida g'alaba qozondi.
Veynaldumning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
APLning o'tgan mavsumida 37 uchrashuv o'tkazgan Jorjino 4 ta gol urgan edi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar