27 fev 07:20
Yangiliklar

"Barselona" Madridda g'olib, Messi g'alaba to'pi muallifi
Uchrashuvning 64-daqiqasida hisob ochildi. Suaresning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, Rafinya esa qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:1. Oradan ko'p o'tmay, jarima to'pidan so'ng Godin boshi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.
85-daqiqada Suaresning pasidan so'ng Messi ikkinchi harakat bilan gol urdi - 1:2. "Barselona" Madridda g'alaba qozondi.
Ispaniya chempionati
Atletiko – Barselona 1:2
Visente Kalderon stadioni
Gollar: 0:1 – 64 Rafinya, 1:1 – 70 Godin, 1:2 – 86 Messi.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Gabi, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Torres, 68), Grizmann, Gameyro (Korrea, 72).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Mate (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 85), Rafinya, Buskets, Inesta (Rakitich, 71), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (55), Saul (56), Savich (65), Gabi (73), Korrea (74), Messi (82).
Fikrlar