09 apr 07:30
Yangiliklar

Barselona Malagaga yutqazdi va Realning sovg'asidan foydalana olmadi
O'yinning 65-daqiqasida Neymar ikkinchi sariq kartochka evaziga maydondan chetlatildi. Bu esa shundoq ham mag'lubiyatga uchrayotgan kataloniyalik futbolchilarning vazifasini qiyinlashtirdi.
Aksincha, 90-daqiqada Xoni Rodriges o'z goli bilan uchrashuvga nuqta qo'ydi. Mag'lubiyatga uchragan "Barselona" peshqadam "Real"ni quvib o'tish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Kecha "Real" o'z uyida Madrid derbisida "Atletiko" bilan durang (1:1) o'ynagandi.
Ispaniya La ligasi. 31-tur
Malaga – Barselona 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (SHarles, 77).
Barselona – ter Stegen, Mate (Serji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
CHetlatish: Neymar (65).
Fikrlar