14 mar 14:53
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/110487_220.jpg)
"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda
"Manchester Siti" himoyachisi Anxelino "Barselona" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Kataloniyaliklar ispaniyalik fulbekning harakatlarini kuzatmoqda va uni yozgi transferlar oynasida xarid qilishga urinib ko'radi. "Ko'k-anorranglilar" 23 yoshli o'yinchini "Kamp Nou"da o'zini ko'rsata olmayotgan Xunior Firponing o'rniga xarid qilmoqchi.
Anxelino yanvarda ijara asosida "Leypcig"ga o'tgan edi va u yangi jamoasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Futbolchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar