16 okt 16:41
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" "Manchester Yunayted" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford Kataloniya klubining yozgi transferlar oynasidagi eng asosiy maqsadlaridan biri bo'ladi.
Manba taqdim etgan malumotga ko'ra, kataloniyaliklar, 2020 yilda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Luis Suaresga o'rinbosar tanlashmoqda. Bundan tashqari urugvaylik forvardni o'rnini bosadigan, potenciali yuqori futbolchilarning qisqa ro'yxati elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, Rashfordning amaldagi shartnomasi 2023 yilda tugaydi. U manchesterliklar safida 180 o'yinda maydonga tushib, barcha turnirlarda 48ta gol urdi.
Avvalroq uning o'zi "mankunianliklar"ning Premer-ligada qiyin vaziyatda ekanligi haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar