03 sen 09:59
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Messini 100 mln evroga sotadi? Buning aniq sababi ham bor
"Barselona" o'z etakchisi Lionel Messini 700 mln tovon puliga qaramay, ushbu transfer oynasi yakuniga qadar 100 mln evroga sotib yuborishi mumkin.
Gap shundaki, futbolchining klub bilan shartnomasi keyingi yil yozga qadar amal qiladi va unda futbolchi hech kimning qosh-qovog'iga qarab o'tirmay, tekinga, ketishi mumkin. Aynan shu faktor 33 yoshli argentinalik va klub o'zaro kelishib olishlariga sabab bo'lishi ehtimoli yuqori.
Sababi Messi chindan ketishni istasa moliyaviy muammolarga duch kelgan "Barsa" o'sha pullardan ham quruq qoladi, deb xabar beradi The Telegraph vaziyatga yaqin insonga tayanib.
Messi atrofidagilar ham "Barselona" yakunda futbolchini 100 mln evro atrofidagi summaga sotishga rozishi bo'ladi deb hisoblamoqda – taxminan shu narxda ikki yil avval Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tgandi.
Havola :
Fikrlar