30 iyu 18:04
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" - "Napoli" o'yinini Barselonadan tashqarida o'tkaziladimi?
"Barselona" va "Napoli" jamoalari o'rtasidagi CHempionlar Ligasi o'yini neytral hududda bo'lib o'tishi mumkin.
UEFA Ispaniyada koronavirus avj olishi (ayniqsa, Kataloniyada) oqibatida o'yinni Barselonadan boshqa joyga ko'chirishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish kerakki, UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab Sog'liqni saqlash Departamentiga murojaat qilgan. Agar Departament bahsni o'tkazish o'yin ishtirokchilariga xavf tug'diradi deb hisoblasa, o'yin ko'chiriladi.
O'yinning qaerda bo'lib o'tishi borasidagi qaror hafta so'nggiga qadar qabul qilinadi. CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Barselona" va "Napoli" bahsi 8 avgustda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
Havola :
Fikrlar