05 dek 21:02
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" navbatdagi transferni mo'ljallamoqda
"Atalanta" yarim himoyachisi Marten de Ron faoliyatini "Barselona" tarkibida davom ettirishi kutilmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati kelasi yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan qiziqib qoldi. Klub 29 yoshli de Ron bilan yanvar oyidan boshlab muzokara o'tkazish huquqiga ega bo'ladi.
SHuningdek, "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning qisqa ro'yxatidan "Lion" hujumchisi Memfis Depay, "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum va "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya ham o'rin olgan.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar