15 apr 14:28
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Niderlandiya chempionatidagi ikki himoyachiga qiziqmoqda
"Barselona" tez orada "Ayaks" va "Feyenoord" himoyachilari Lisandro Martines va Markos Senesini xarid qilishi mumkin.
Kataloniya klubi ushbu o'yinchilarni yozgi transfer oynasida o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlamoqda.
23 yoshli Martines 22 million evro, 23 yoshli Senesi esa 20 million evroga baholanmoqda.
"Barselona" La Ligada 30 turdan so'ng 65 ochko jamg'argan holda jadvalda 3-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : Voetbal International
Fikrlar