10 avg 17:20
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Olimpiadaning eng yaxshi futbolchisi narxini 1 mlrd. evroga oshirib qo'ymoqchi
"Barselona" Fermin Lopes bilan yangi bitim imzolamoqchi.
Kataloniya klubi yarim himoyachisi Ispaniya terma jamoasi bilan Olimpiadaning 6ta bahsida 6ta gol urdi va oltin medalni qo'lga kiritib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik turnir davomida xavbekni kuzatib bordi. Mutaxassisning fikricha, Fermin yangi mavsumda "Barsa"ning muhim qismiga aylanadi.
Bundan tashqari, Kataloniya klubi rahbariyati futbolchi vakillari bilan shartnoma shartlari bo'yicha uchrashuv o'tkazadi.
Klub 2027 yilda kelishuvi yakuniga etadigan futbolchi bilan iloji boricha uzoqroq muaddatda bitim imzolamoqchi.
SHartnomadagi 400 mln. evrolik tovon puli esa 1 mlrd. evroga etishi mumkin.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar