20 iyu 07:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/227404_220.jpg)
"Barselona" o'rtoqlik o'yinida "Inter Mayami"ni "sochib" tashladi
Ispaniyaning "Barselona" klubi AQSHdagi yangi mavsumga tayyorgarlik turnesini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshlab oldi.
Kataloniyaliklar biroz avval Fort-Loderdeylda yakuniga etgan o'rtoqlik uchrashuvida AQSHning "Inter Mayami" klubini tor-mor keltirdi - 6:0!
"Barsa"ning 6 goliga Per-Emerik Obameyang, Rafinya, Ansu Fati, Gavi, Memfis Depay va Usman Dembele mualliflik qilishdi. "Barselona" endi turne doirasidagi navbatdagi o'yinini 24 iyul kuni "Real"ga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar