26 apr 18:53
Yangiliklar

"Barselona" o'z futbolchisining narxini 1 milliard evro qilib belgilab qo'ydi
"Barselona" Ronald Arauxo bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Yangi kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallanadi. SHartnomada tovon puli Ansu Fati va Pedri bilan bo'lganidek bir milliard evro etib belgilanadi.
Yangi shartnoma imzolash marosimi juma kuni, aniqrog'i 29 aprelda "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Urugvaylikning klub bilan oldin shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi.
23 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum "Barsa" tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : fcbarcelona.com
Fikrlar