04 noy 15:18
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Pedrining tovon pulini 400 million evroga ko'taradi
"Barselona" yarim himoyachi Pedri bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Kataloniyaliklar yangi shartnoma imzolagandan so'ng futbolchining tovon pulini 400 mln evroga qadar ko'tarishadi.
Pedrining "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Futbolchi noyabr oyida 18 yoshga to'ladi va shundan so'ng Kataloniya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Xavbek "Barselona"ga shu yilning yozida "Las-Palmas"dan 5 million evro evaziga o'tgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar