17 noy 09:45
Yangiliklar

“Barselona” prezidenti: “Ishonchim komil, Messi faoliyatini “Barselona”da tugatadi”
So'nggi paytlarda matbuotda Messining “Barselona” bilan shartnomani uzaytirishni paysalga solaytgani, bu bilan argentinalik futbolchining boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko'payib ketgandi. Bartomeu o'z chiqishi bilan bu malumotni keskin rad etdi.
“Ishonchim komil, Messi faoliyatini “Barselona”da yakunlaydi. U bir necha yildan beri jamoadoshlarini g'alaba sari etaklab kelmoqda. Havotir olmang, bu jarayon hali uzoq davom etadi”, – dedi Bartomeu Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi 14ta o'yinda 16ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar