09 apr 19:23
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/36652_220.jpg)
"Barselona" PSJ futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Barselona" klubi PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Don Balon" nashri xabar berdi.
"Barselona" rahbariyati darvozabon Mark-Andre ter SHtegendan Drakslerni Kataloniya klubiga o'tishga ko'ndirishni so'ragan. Har ikki futbolchi Germaniya terma jamoasida to'p tepadi va yaxshi tanish.
Drakslerning narxi 60 mln evroga baholanmoqda.
24 yoshli nemis joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urib, 10ta golli pas berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar