24 mar 12:27
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" qachondan mashg'ulotlarni boshlashi haqida malumot berildi
"Barselona" rahbariyati aprel oyi oxirida jamoaviy mashg'ulotlarni boshlamoqchi.
Mashg'ulotlarni 27 aprelda boshlash rejalashtirilmoqda.
Oldinroq, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatdagi favqulotda holat kamida 13 aprelga qadar amal qilishini takidlagan edi.
Barcha o'yinchilar uy sharoitida o'zlarining sport formalarini saqlab turishadi va bu haqda Kike Seten murabbiylar shtabiga xabar berishadi. Ammo, to'liq jamoaviy mashg'ulotlarsiz jismoniy holat professional sportchilarniki kabi bo'lmaydi deb hisoblanmoqda.
Ayni paytda Ispaniyada 35136 inson (dunyoda 4-o'rin) koronavirusga chalingan bo'lib, ularning 2311 nafari vafot etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar