10 noy 11:02
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" rad javobini oldi
"Zalcburg" futbolchisi Karim Adeyemi borasida taklif jo'natgan "Barselona" rad javobini oldi.
17 yoshli germaniyalik iqtidor o'tgan yili nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib bo'lgandi. Ayni damda u "Zalcburg"ning farm-klubi hisoblangan "Lifereng" tarkibida harakat qilmoqda. Vunderkind Yoshlar ligasida "Genk" va "Liverpul" jamoalariga gol kiritishni ham uddaladi.
"Barselona" ushbu futbolchi uchun 17 million evro taklif qilgandi. Biroq avstriyaliklarni bu qiziqtirmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar