So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

06 fev 16:15
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" - "Real". Ernesto Valverde uchrashuv oldidan savollarga javob qaytardi

Bugun, 6 fevral kuni "Barselona" hamda "Real" o'rtasida Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu bahsdan oldin Kataloniya klubi ustozi Ernesto Valverde ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


Raqib haqida

- "Real"ga qarshi bahslar doimo o'zgacha ahamiyatga ega. Biz va raqib finalga chiqishni istaymiz. Bu yarim finalda favorit yo'q, hamma narsa bo'lishi mumkin. "Real" har doim "Kamp Nou"da juda yaxshi o'ynaydi. LaLigadagi o'yinda biz g'olib chiqqandik, o'sha paytda raqib og'ir ruxiy holatda edi, ammo endi "Qirollik klubi" uchrashuvga tayyor.


"Barselona" tarkibi haqida

- Tarkibimizda kuchli futbolchilar yig'ilgan, ularning orasida dunyoning eng yaxshi o'yinchisi ham mavjud, ammo "Real"da ham eng yaxshi futbolchilar o'ynaydi.


Lionel Messining holati haqida

- Agar Messi bu o'yinda ishtirok eta olsa, uni maydonga tushiraman, bunday bo'lmasa - u tiklanishni davom ettiradi. Messi bilanmi yoki usiz uslubimiz o'zgarmaydi. "Barselona" g'alaba qozonish, ustunlik qilish va gollar urishni ko'zlagan.


Jamoaning o'yin taqvimi haqida

- Hozir taqvim borgan sari zichlashmoqda. Qisqa muddat ichida "Real" bilan ikkita o'yin o'tkazishimiz va CHempionlar ligasida maydonga tushishimiz kerak. Hammasiga ulgurish lozim - deydi Valverde.


Xo'sh, Messi "Real"ga qarshi bahsda o'ynaydimi?

Rasman malum emas, ammo Leo "Barselona" qaydnomasiga kiritildi. Kataloniya klubi uchrashuv oldidan u tarkibda bo'lishi yoki bo'lmasligi haqida qaror qabul qiladi. Leo Messi 5 fevral kuni kataloniyaliklar mashg'ulotida ishtirok etdi. Mashg'ulotning ilk 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ldi, shu sababli Messi haqida bir narsa deyish qiyin.


"Barselona"ning "Real"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi

Darvozabonlar: Ter SHtegen, Inaki Penya.
Himoyachilar: Semedu, Pike, Lengle, Murilo, Alba, Vermalen, S.Roberto.
Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Artur, Boateng, Alenya, Vidal.
Hujumchilar: Suarez, Messi, Malkom.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing