24 mar 11:15
Yangiliklar
Futbol

“Barselona” – “Real” uchrashuvi uchun 46 000 chipta sotib bo'lindi
“Real” va “Barselona” futbolchilari iyun oyida Mayamida o'tkaziladigan Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasida o'zaro to'qnash kelishadi.
Ushbu uchrashuv uchun chiqarilgan 46 000 dona chipta allaqachon o'z xaridorini topib bo'ldi. Qiymati 200 AQSH dollari bo'lgan eng arzon chiptalar to'liq sotib bo'lindi. Endi mazkur uchrashuvni kuzatish ishtiyoqida bo'lganlar 500 yoki 1000 dollarlik chiptalarni xarid qilib, o'yinni stadiondan kuzatishlari mumkin bo'ladi.
Uchrashuv 65 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan “Hard Rock Stadium”da o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, “Real” va “Barselona” 1982 yildan buyon ilk marta Ispaniyadan tashqari o'zaro kuch sinashishadi.
Havola :
Fikrlar