02 may 10:32
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" "Real"dan keyingi ikkinchi jamoa
Xabar berganimizdek, kecha oqshom "Barselona" klubi CHempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvida "Liverpul" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda hisobni Luis Suares ochdi. Urugvaylik forvardni goli "Barsa"ning ECHLdagi 500-goli bo'ldi. Messining dublidan keyin esa kataloniyaliklarning ushbu musobaqada urgan gollari soni 502taga etdi.
"Barselona" ECHL tarixida bunday natijaga erishgan "Real"dan keyingi ikkinchi jamoa bo'ldi. Madridliklar ko'hna qitaning eng nufuzli musobaqasida bugungacha jami 551ta to'p kiritishgan.
CHempionlar ligasida ko'p gol urgan top-10 jamoalar:
"Real" - 551ta gol
"Barselona" - 502ta
"Bavariya" - 457ta
"Manchester Yunayted" - 373ta
"Yuventus" - 292ta
"Arsenal" - 281ta
"CHelsi" - 266ta
"Portu" - 253ta
"Milan" - 229ta
"Lion" - 200ta.
Havola :
Fikrlar