04 may 11:37
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" "Real"ni taslim etib, mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlamoqchi
Muddatidan avval Ispaniya chempionligini rasmiylashtirgan "Barselona" klubi joriy mavsum La Liganing bironta uchrashuvida mag'lubiyatga uchramadi.
Ayni paytgacha Kataloniya klubi Ispaniya chempionatida 34ta o'yin o'tkazdi va 26ta uchrashuvda g'alabaga erishib, 8ta bahsda durang qayd etdi. Ko'k-anorranglilar La Ligadagi mag'lubiyatsiz seriyalarini mavsum oxirigacha davom ettirishni maqsad qilishgan. Ularning so'nggi 4 uchrashuvi quyidagi jamoalarga qarshi bo'lib o'tadi:
6 may. "Barselona" - "Real"
9 may. "Barselona" - "Vilyarreal"
13 may. "Levante" - "Barselona"
20 may. "Barselona" - "Real Sosedad"
Havola :
Fikrlar