01 avg 13:25
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Riki Puchning kelajagi borasida bir qarorga keldi
Yarim himoyachi Riki Puch tez orada "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Kataloniyaliklar rahbariyati 22 yoshli xavbekning o'yinlaridan mamnun, shu sabab 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirishga tayyor. O'yinchiga "Benfika", "Fulxem", "Fiorentina" va "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqmoqda.
Riki 2020 yilning iyulidan beri "Barsa" tarkibida o'ynaydi. Yarim himoyachi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar