03 apr 10:15
Yangiliklar

“Barselona” safarda “Granada”ni taslim etdi, “Valensiya”da ham yirik g'alaba
“Valensiya” futbolchilari “Mestalya”da “Deportivo” darvozasiga javobsiz uchta gol urishga erishgan bo'lsa, peshqadam “Real”ni taqib etib kelayotgan amaldagi chempion “Barselona” safarda “Granada”dan ustun keldi.
Ispaniya chempionati, 29-tur.
“Valensiya” – “Deportivo” 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Garay, 2:0 – 29, avtogol Albentosa, 3:0 – 90 Joau Kanselu.
“Valensiya”: Diego Alves, Gayya (Joau Kanselu, 83), Montoyya, Abdennur, Garay, Orelyana, Soler, Parexo, Peres (Sikeyra, 75), Dzadza (Santi Mina, 78), Munir.
“Deportivo”: Lyuks, Navarro, Sidney, Albentosa, Xuanfran, Gilerme, Bergantinos (Moreno, 70), Xil, Fajr (CHolak, 46), Xoselu, Andone.
Ogohlantirishlar: Montoyya (7), Xoselu (16), Abdennur (50), Peres (55).
“Granada” – “Barselona” 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar:0:1 – 44 Suares, 1:1 – 50 Boga, 1:2 – 64 Pako Alkaser, 1:3 – 83, avtogol Sone, 1:4 – 90 Neymar.
“Granada”: Ochoa, Lomban, Silva (Kuenka, 78), Litri, Sone, Angban (Boga, 46), Agbo, Muborak, Pereyra, Fulke, Kravec (Ramos, 55).
“Barselona”: ter Stegen, Maskerano, Mate, Alba, Rakitich (Alenya, 87), Serji Roberto, Andre Gomesh (Inesta, 67), Buskets, Rafinya (Pako Alkaser, 17), Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar:Serji Roberto (28), Lomban (59), Alba (60), Rakitich (77), Agbo (79).
CHetlatish: Agbo (82).
Fikrlar