So’nggi yangiliklar

18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0 13:30Арман Царукян икки потенциал рақибини эълон қилди 0 13:09Олимпия ўйинлари совриндори ва жаҳон чемпионларимиз талабалар билан учрашди 0 12:48Энтони Жошуа Фьюри ҳақида: "У кетади ва қайтади, мен эса барқарорман" 0 12:27Ламин Ямаль Испания чемпионати рекордини ўрнатди 0

04 mar 17:38
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" sobiq futbolchisi Xavi nima uchun O'zbekistonga kelmagani malum bo'ldi + FOTO

Teglar :  XaviNasaf
Xabaringiz bor, ertaga Qarshi shahrida OCHL 3-turi doirasida "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qatar klubi Qarshiga kecha charter reys bilan uchib keldi. Delegaciya orasida jamoa sardori afsonaviy futbolchi Xavi yo'q edi. Saytimiz orqali oldinroq Xavi jarohat sabab "Nasaf" bilan o'yinga kela olmasligini malum qilgan edik. Hozir esa ispaniyalik maestro aynan qanday jarohat sabab yurtimizga kelmaganini fotofakt orqali keltiramiz.

Payshanba kuni Qatar chempionati doirasida "Al Duhayl" bilan uchrashuvda Xavi oyog'ining orqa mushagidan jarohat olgan. Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Xavi oyog'ining mushaklarida og'riq sezgan va uning o'rniga Akrom Afif maydonga tushirilgan. Keyinchalik futbolchi klub shifokorlari yordamida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va uning mushaklarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Uning to'liq safga qaytishi uchun 3 hafta vaqt kerak bo'ladi.



"Al Sadd" matbuot xizmati Xavining oyog'iga qon aylanishni yaxshilovchi va oyoq mushaklarini massaj qiluvchi maxsus moslama qo'yilayotgan suratlarni chop etdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing